2024-yil 25-aprel kuni Toshkent aholisini o‘zgacha tadbir kutmoqda – yurtimizda ilk bor “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi sahnasida taniqli dirijyor Teodor Kurrentzis boshchiligidagi musicAeterna orkestrining chiqish bo‘lib o‘tadi. Orkestrning yangi simfonik dasturi Pyotr Ilich Chaykovskiy ijodida iz qoldirgan Italiya qiyofasiga bag‘ishlanadi.
MusicAeterna rahbari Teodor Kurrentzis Yunonistonda tugʻilib, voyaga yetgan va musiqiy taʼlimini Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasining afsonaviy professori Ilya Musindan oladi. O‘z vaqtida Novosibirsk opera va balet teatrining bosh dirijyori, Opera va balet teatri hamda Permdagi Dyagilev festivali badiiy rahbari ham bo‘lgan. U yerda 2012-yilda u musicAeterna orkestri va xoriga asos soladi. 2019-yilda Teodor Kurrentzis va musicAeterna Sankt-Peterburgga ko‘chib o‘tib, Radio uyi ularning ijodiy qarorgohiga aylanadi.


Sahnalashtiruvchi dirjiyor sifatida Kurrentzis dunyoning yetakchi rejissyorlari Robert Uilson, Romeo Kastelluchchi, Piter Sellars, Dmitriy Chernyakov, Teodoros Terzopulos va boshqalar hamda Yevropa va Rossiyaning eng yirik opera teatrlari bilan hamkorlik qiladi. Perm operasiga rahbarlik qilgan chog‘ida zamonaviy bastakorlar – Dmitriy Kurlyandskiy, Sergey Nevskiy, Aleksey Syumak asarlarining ilk namoyishlarini amalga oshirgan.


MusicAeterna va boshqa orkestrlar bilan birgalikda Teodor Kurrentzis muntazam ravishda dunyo bo‘ylab ijodiy safarlarda bo‘lib, Vena Konserthaus, Berlin, Elb, Myunhen va Parij filarmoniyasi kabi maskanlarda, shuningdek, dunyo va Rossiyaning boshqa yirik zallarida chiqish qilgan. Teodor Kurrentzis – 9 karra Rossiya teatr mukofoti “Oltin niqob” sovrindori, KAIROS mukofoti sovrindori, Feniks ordeni komandorlik unvoni va “Do‘stlik” ordeni sohibidir.
“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida musicAeterna Chaykovskiyning Rim va uning tevarak-atrofiga qilgan sayohati taassurotlari ostida bastalagan italyancha asarlarini ijro etadi. “Abadiy shahar” va Rim karnavali xotiralari “Italyan Kaprichchio”sida o‘z aksini topib, uni bastakorning o‘zi buyuk kelajakni bashorat qilgan yorqin orkestr asariga aylanadi. Konsert dasturidagi bu asar Shekspirning “Romeo va Julyetta” asari asosidagi orkestr xayoloti bilan mantiqan yonma-yon yashaydi. Chaykovskiy yana bir pyesa yozayotganda Dantening “Ilohiy komediya” asaridan olingan yana bir mumtoz syujetidan ilhom olgan: “Francheska da Rimini” opera sifatida o‘ylanib, ammo dasturiy orkestr asariga aylantirilgan.
Italiya adabiy tamoyillariga murojaat etib, Chaykovskiy ularda Italiya haqidagi romantik afsonaning o‘zagini tashkil etuvchi tafsilotlarni saralaydi. Uning musiqasida ushbu mamlakat nafaqat jahon xaritasidagi haqiqiy hudud, balki na ko‘p asrlik insoniy adovat, na jahannam kuchlari chinakam muhabbat ustidan hukmron bo‘lgan xayolot va erkin his-tuyg‘ular maydoni sifatida namoyon bo‘ladi.


Konsert O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, mamlakat aholisini jahon musiqa merosiga oshno qilish hamda O‘zbekiston ijodiy sozanda va jamoalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dastur doirasida o‘tkazilmoqda.
 
Chiptalar tez orada iTicket.uz’da.