O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi sizlarni eshik qoqib kelayotgan Yangi yil bilan qutlashga oshiqadi!
Kuzatayotgan yilimiz san’at va madaniyat olamida yorqin voqealar va ilhomlantiruvchi loyihalarga boy bo‘ldi. Toshkentda IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot anjumani, Italiyaning eng muhtasham galereyalarida esa “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Biz Venetsiya biennalesida milliy pavilionimizni va Londonda “Ipak yo‘llari” ko‘rgazmasini ishga tushirdik, uning ochilishi arafasida Kirill Rihterning Milliy orkestr ishtirokidagi konserti hamda “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli namoyish etildi. Biz “Homo Faber” xalqaro ko‘rgazmalar loyihasida ishtirok etdik, Toshkent mahallalarida rassomlarga mo‘ljallangan badiiy qarorgohlarni ochib, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida esa “Tamerlano” operasining premyerasi ijrosini uyushtirdik.
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida bizlarga bayram shukuhi va mo‘jiza tuyg‘usini baxsh etuvchi sehrli voqea – afsonaviy “Qarsildoq” baletining sahnalashtirilishi tadbirlarning eng yuqori cho‘qqisi bo‘ldi.
Kelgusi yil mobaynida bizlarni yanada ko‘plab diqqatga molik va maroqli tadbirlar kutmoqda.