Ekspozitsiyada Nadejda Kashina mo‘yqalimiga mansub yorqin asarlar alohida o‘rin tutadi. Musavvira sulolaviy ikonanavis rassomlar oilasida dunyoga kelib, Moskva Oliy badiiy va texnik ustaxonalarida Vladimir Favorskiy va Robert Falk ustozligida tahsil oladi, 1928-yilda ilk bora O‘zbekistonga bu yerlarda umrbod qolish maqsadida keladi. Rassomning xotiralariga ko‘ra, uni bu yurtning jilolari-yu tarovati, qiyofalari, bayon etib ulgurilmagan mavzularning bequloch turkumi o‘ziga rom etadi. Mamlakat bo‘ylab bearmon sayohat qilar ekan, N.Kashina qishloqlarning bamaylixotir turmush tarzi va katta shaharlarning jo‘shqin sur’atini o‘zgacha ifodalash uslubida aks ettiradi.
“O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida 2025-yil 1-iyunga qadar davom etadi.
🖼 Nadejda Kashina, “Sherdor” oldida, 1928