I.V. Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyida yarim yil mobaynida Italiyadagi galereya va koʻrgazma zallarida namoyish etilgan “Oʻzbekiston: sahrodagi avangard” nomli keng koʻlamli koʻrgazma loyihasi oʻz ishini davom ettirmoqda.
Ko‘rgazmaning eng yorqin asarlaridan biri Aleksey Ribnikov mo‘yqalamiga mansub mashhur “Shimol yog‘dusi” (o‘ngdagi rasm) asari hisoblanib, unda qish kezlaridagi qor qirmizi va sarg‘ish tusga kirib ko‘zlarni qamashtiruvchi nodir samoviy shu’la gavdalangan. “Nurli” avangard harakatining asoschisi Mixail Larionov huzurida tahsil olgan Ribnikov ushbu tabiat hodisasini tantanavor mushakbozlikka o‘xshash tarzda tasvirlashga muvaffaq bo‘lgan. Pirovardida rassom shimoliy ekspeditsiyalarning tez-tez ishtirokchisiga aylanib, u yerdan olgan taassurotlarini o‘zining kelgusi asarlarida mujassam etadi.
“O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida 2025-yil 15-yanvarga qadar davom etadi.
🖼 Aleksey Ribnikov, “Shimol yog‘dusi”, 1914