I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” nomli keng miqyosli ko‘rgazma loyihasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Zinaida Kovalevskaya badiiy avangard yo‘nalishida faqat o‘z ijod yo‘lining dastlabki yillaridagina sinab ko‘radi, qolgan vaqt mobaynida esa impressionizm va realizm uslublari ustida javlon uradi. Musavvira asarlarining markaziy mavzusi o‘laroq yangi o‘zbek ayolining she’riyatga chulg‘angan qiyofasi tarannum etiladi. Biroq istisnolar ham mavjud edi – 1945-yilda u Samarqand badiiy bilim yurtidagi safdoshi rassom Pavel Benkovning siymosini (o‘ngdan 3-asar) gavdalantiradi. Hozir Toshkentdagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi uning Benkov nomi bilan ataladi.
“O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida 2025-yil 1-iyungacha davom etadi.
➤ Zinaida Kovalevskaya, Benkov portreti, 1945