Saudiya Arabistonining Jidda shahrida “Va sarhadlar osha barcha jihatlar” nomli Ikkinchi islom sanʼati biennalesi o‘z ishini boshlab, ushbu munavvar shaharni xalqaro madaniy muloqot markaziga aylantirdi. Anjuman doirasida butun dunyodan tashrif buyurgan yetuk san’at arboblari, olimlar va madaniyat muassasalari vakillarini jamlagan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada e’tiqod, tarix va ijodkorlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni o‘rganuvchi 500 dan ortiq nodir osori atiqalar va zamonaviy san’at asarlari to‘plangan.
Tadbirda ikkinchi bor ishtirok etayotgan O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi islom madaniyatiga oid betakror osori atiqalarni taqdim etib, mamlakatimizning o‘z merosini asrab-avaylash va jahon miqyosida keng targ‘ib etishga bo‘lgan qat’iy intilishini ta’kidladi. Mazkur yodgorliklarning aksariyati O‘zbekistondan tashqarida ilk bor namoyish etilayotgan bo‘lib, bu mintaqa boy merosining yangi qirralarini kashf etishga taklif qiladi.
Biennale 2025-yilning 25-mayiga qadar davom etib, madaniy almashinuv va islom anʼanalari taqdimoti uchun maydon boʻlib xizmat qiladi.