Jidda shahrida “Va sarhadlar osha barcha jihatlar” nomli II islom san’ati biennalesi o‘z ishini davom ettirmoqda. Uning doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekistonning islom madaniyati, ilm-fani va san’ati shakllanishida egallagan zalvarli o‘rniga urg‘u beruvchi nodir qo‘lyozma va osori atiqalarning maxsus saralangan to‘plamini taqdim etmoqda.
Ko‘rgazmadagi yana bir muhim eksponat 1437-yilda Ulug‘bek tomonidan nashr etilgan “Ziji Ulug‘bek” (Ziji Koʻragoniy) o‘rta asrlar yulduzlar katalogidir. Uni tayyorlashda markaziy osiyolik ko‘plab taniqli olimlar, shu jumladan, Koshiy va Ali Qushchi ham ishtirok etganlar. Katalogda 1018 ta yulduz haqida ma’lumot mavjud bo‘lib, ular 38 ta burjlar turkumiga taqsimlangan. Asarda yorug‘lik yilining uzunligi: 365 kun, 6 soat, 10 daqiqa, 8 soniya (xatolik 58 soniyani tashkil etgan) va Yer o‘qining og‘ishi: 23,52 daraja (eng hassos o‘lchov) sifatida keltirilgan. Asar o‘z davrining eng aniq va to‘liq yulduzlar tasnifi hisoblanib, o‘zidan avvalgi asarlardan ustun turadi.
Ikkinchi islom sanʼati biennalesi Jidda shahridagi Podshoh Abdulaziz xalqaro aeroportining Haj terminalida 2025-yilning 25-mayiga qadar muxlislar uchun muntazir.