8-may kuni "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyining ochiq maydonda Isroilning "Shalosh" fortepiano triosi janr chegaralarini buzib, jaz, rok, elektron musiqa va Yaqin Sharq motivlarini birlashtirgan o‘ziga xos musiqasini taqdim etdi.

2013-yilda tashkil etilganidan buyon guruh Yaponiya, AQSH va Yevropaning nufuzli sahnalarida 350 dan ortiq konsert o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi Xalqaro jaz festivali 13-mayga qadar davom etadi va barcha konsertlarga kirish bepul!