🚀 Kraudsorsing tanlovi: ijodiy inkubatorimiz uchun logotip va mahsulotlar ramzini ishlab chiqing!


Biz barcha yosh ijodkorlarni O‘zbekistonda yaqinda ishga tushirilgan kraudsorsing platformasiga taklif etishdan mamnunmiz! 🌟 Birinchi kraudsorsing tanlovida ishtirok etib, mukofot sohibi bo‘ling!🖌 Biz kimlarni izlayapmiz:

Innovatsiya va ijodkorlik ruhini o‘zida mujassam etgan betakror va jozibador logotip va ramz tushirilgan mahsulotlar dizayni.

Istiqboli porloq iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikni rivojlantirishdan iborat maqsadimiz mohiyati sari ilhomlantiradigan va uni aks ettiruvchi dizayn!

📅 Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 5-fevral


💡 Qanday ishtirok etish mumkin?

🔹 Yoshingiz: 17-28 da

🔹 Yaqinda ishga tushirilgan kraudsorsing -> www.crowd.uz platformasiga tashrif buyuring

🔹 Logotip va mahsulot dizayni tanlovini toping va ishtirok eting

🔹 Dizayningizni kraudsorsing platformasi orqali yuboring

🔹 Dizayn konsepsiyangizning qisqacha tavsifini kiriting.

🔹 Mahsulotlar (hudi, futbolka, yon daftarcha, krujka, kepka) chizmalarini ilova qiling

 

🏆 Tanlov g‘olibi:

🔸 Texnik sovrin: IPhone 16!

🔸 Dizayn O‘zbekistondagi birinchi ijodiy inkubatorning rasmiy logotipi sifatida qo‘llaniladi.

🔸 G‘olib ism-sharifi media kanallarda e’lon qilinadi.

🔸 Va jamoamiz bilan kelajakdagi loyihalarda ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Bu sizning yangi avlod ijodkorlariga ta’sir ko‘rsatadigan va ilhomlantiradigan qiziqarli loyihaning ishtirokchisiga aylanish imkoniyatidir. 🚀