3-dekabr kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Rossiya Strategik tashabbuslari agentligi (ASI) bosh direktori Svetlana Chupsheva hamda Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish markazi direktori Yekaterina Cherkes-Zade bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar kreativ sanoat tarmoqlarini o‘rganish, jumladan, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim dasturlarini yaratish bo‘yicha tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ikki mamlakat ijodkor jamoalari va kompaniyalari oʻrtasida hamkorlikda malaka oshirish mashg‘ulotlarini oʻtkazish, sa’y-harakatlarni jadallashtirish dasturlari hamda oʻzaro hamkorlik jabhalarini ishga tushirish istiqbollari haqida fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida Jamg‘arma va ASI oʻrtasida mushtarak tashabbuslarni amalga oshirish, kreativ loyihalar uchun infratuzilmani rivojlantirish va ijodkor arboblarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kelishuvlar mustahkamlangan Hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.