ʻʻLazgi. Muhabbat va qalb raqsiʼʼ Almatida!


17-mart kuni Abay nomidagi Qozog‘iston milliy opera va balet teatri sahnasida butun dunyo tomoshabinlari qalblarini zabt etgan ʻʻLazgi. Muhabbat va qalb raqsiʼʼ  spektakli boʻlib oʻtadi.


O‘zbekiston milliy baleti tomonidan yaratilgan mazkur betakror balet qadimiy an’analar va mumtoz raqs nafosatini o‘zida mujassam etgan. Xoreograf Raul Raymondo Rebek rahbarligida va Devidson Jakonelloning maftunkor musiqasi jo‘rligida ʻʻLazgiʼʼ o‘zbek madaniyatining butun teranligi va go‘zalligini aks ettiradi.


Ilhomlantiruvchi san’atdan bahramand boʻlish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!


✓ Chiptalar ticketon.kzʼda: https://ticketon.kz/kz/event/lazgi