Ashyo va buyumlar orqali milodiy 500–1000-yillar mobaynidagi davrda Ipak yo‘li bo‘ylab kishilar, mahsulotlar va g‘oyalarning o‘zaro harakati madaniyat va tarixning shakllanishiga qanday hissa qo‘shgani namoyish etiladi.

Somoniylar davlati san’ati va me’morchiligida (875 - 999 yy.) forsiy xususiyatlarni uchratish mumkin. Ularni 1919-yilda arxeolog Mixail Masson tomonidan Samarqanddagi Afrosiyob xarobalarining g‘arbiy qismidan topilgan jimjima naqshin to‘qimalardan iborat katta ganchli pannoda to‘liq ilg‘ash mumkin. Somoniylar turar-joy majmuasi devorini bezab turgan salmoqli hajmdagi (102x282 sm) qo‘l mehnati namunasi deyarli mukammal holatda saqlanib qolgan.

“Silk Roads” ko‘rgazmasi 2025-yilning 23-fevraliga qadar Britaniya muzeyining Sainsbery galereyasida tashrif buyuruvchilar uchun muntazir.