Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi delegatsiyasi Osaka shahridagi Expo-2025 ko‘rgazmasi uchun “ATELIER BRÜCKNER” tomonidan loyihalashtirilgan O‘zbekiston pavilioni “A’lo me’morchilik – yarmarka va ko‘rgazmalar” nominatsiyasida oltin mukofotga sazovor bo‘lgan “German Design Award-2025” taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
“Bilimlar bog‘i” deb nomlangan pavilion O‘zbekistonning boy madaniy merosi va barqaror kelajak sari intilishlarini o‘zida mujassam etadi. Mazkur nufuzli mukofot O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ortib borayotgan salobatiga urg‘u bergan holda loyihaning yuksak me’moriy va g‘oyaviy saviyasini tasdiqlaydi.
Sanoqli kunlarda Yaponiyadagi O‘zbekiston milliy pavilioni san’at ixlosmandlariga o‘z eshiklarini ochadi.