Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Solomon R.Guggenрaym muzeyi va jamg‘armasi direktori va bosh ijrochi direktori d-r. Mariet Vestermann bilan uchrashdi. Uchrashuvda enhtimolli qo‘shma loyihalar, ularni amalga oshirish istiqbollari hamda muzey almashinuvi sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Gayane Umerova va Mariet Vestermann birgalikda “Orfizm” va “Mondrian” ko‘rgazmalariga tashrif buyurib, kelgusidagi hamkorlikni muhokama qildilar.