23-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida “Mariy El” Davlat ansambli konsert dasturini taqdim etdi.

“Rossiya xalqlari raqslari” deb nomlangan mazkur tadbir rus, tatar, mariy va kazak raqs an’analarining yorqin uyg‘unligini namoyon qildi. Har bir chiqish o‘ziga xos ruh va kuchli hissiyot bilan ajralib turdi, yakun esa chinakam raqs bayramiga aylandi.