V.A.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida musiqaga o‘ziga xos yondashuvi bilan shuhrat qozongan isroillik jaz-fank guruhi – “Spice’n’Space” jamoasining mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Musiqachilar o‘z mahoratlarini namoyish etish bilan birga badihago‘ylik sirlari va murakkab musiqiy shakllarni ijro etish usullari bilan o‘rtoqlashdilar.
Mahorat darsi barcha xohlovchilar uchun ochiq bo‘lib, jaz ixlosmandlari uchun esda qolarli voqeaga aylandi. Ishtirokchilar jaz, fank va zamonaviy musiqa kabi turli musiqiy uslublarning uyg‘unlashuvi xususiyatlarini o‘rganish hamda ijodda kelgusi tajriba-sinovlar uchun ilhom olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.