Toshkentda jaz, mumtoz va zamonaviy musiqani yagona ifodali ohangda birlashtirgan, o‘ziga xos uslubi bilan tanilgan dovrug‘li saksofonchi Pavel Gusnarning mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Sozanda nafaqat cholg‘u asbobida mohirona ijro etishni namoyish etdi, balki ishtirokchilar bilan o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, murakkab musiqiy shakllarni talqin etish sir-asrorlari hamda sahna mahoratining nozik jihatlari haqida so‘zlab berdi.

Tadbir "Yamaha" koʻrgazma doʻkonida  hamma uchun tashkil etildi.