Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Qirollik jamg‘armasi huzuridagi An’anaviy san’at maktabi (KFSTA) direktori d-r. Xolid Azzam bilan uchrashuv o‘tkazib, unda O‘zbekiston amaliy san’atini qo‘llab-quvvatlash va qayta tiklash sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Tomonlar an’anaviy hunarmandchilikni saqlab qolish bo‘yicha rejalar bilan bo‘lishib, tajriba almashdilar hamda mamlakat madaniy merosini tadqiq etish va rivojlantirishga yangi ishtirokchilarni jalb etish strategiyalarini ko‘rib chiqdilar. Bunda alohida e’tibor madaniy aloqalarni mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlariga qaratildi.