Musiqa kabi jaranglovchi ertaklar
16-mart kunli Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri yosh tomoshabinlar va ularning ota-onalarini teatr badiiy rahbari Aleksey Frandetti sahnalashtirgan ajoyib simfonik ertaklar olamiga taklif etadi.
Bosh dirijyor Vyacheslav Volich boshchiligidagi A.Navoiy nomidagi teatr orkestri mashhur musiqani yorqin qahramonlar va sehrli sadolarga boy hikoyaga aylantiradi, “Art Novi” studiyasi san’atkorlari esa spektaklni o‘zlarining mualliflik interfaol video qurilmalari bilan boyitadilar.
Keling va musiqiy ertaklar olamiga sho‘ng‘ing!
Chiptalarni iticket’da xarid qilish mumkin:https://iticket.uz/events/cultural-events/skazki-s-orkestrom-2025