Respublika bolalar kutubxonasida “Aral School” — Orolbo‘yi mintaqasi uchun yangi ta’lim dasturi va “kelajak laboratoriyasi” taqdimoti bo‘lib o‘tdi!

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan Nukusda bo‘lib o‘tgan Orol madaniyat sammitida ilk bor taqdim etilgan loyiha Qoraqalpog‘iston, mamlakatning turli hududlari va xorijdan kelgan 20 nafar talaba va bitiruvchilarni birlashtiradi. To‘liq stipendiya sohibi bo‘lgan ishtirokchilar madaniy jonlanish, ekologik tiklanish va mintaqani barqaror rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni ishlab chiqadilar.

Dasturni direktor Yan Boelen, murabbiy-ustozlar Yelena Kan va Sagitjan Aitjanov, shuningdek, Orol madaniyat sammiti loyihasi direktori Anastasiya Sinitsina taqdim etdilar. Kurs 2026-yilning yanvar-iyul oylarida Nukus shahrida bo‘lib o‘tadi.

Arizalar 5-oktabrgacha, shu kuni ham ushbu havola orqali qabul qilinadi.