Nyu-Yorkdagi “Rizzoli” nashriyot-matbaa uyida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda chop etilgan “A Modernist Capital” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Nashr Toshkentning me’moriy merosi va uning modernizm uslubidagi o‘zgarishlariga bag‘ishlangan.

Tadbir doirasida shaharning me’moriy yuksalishi, uning modernist nafosati hamda “Panorama” kinoteatri (1964), Davlat san’at muzeyi (1974) va “O‘zbekiston” mehmonxonasi (1976) kabi diqqatga sazovor binolari haqida sho‘ba muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar ushbu inshootlar innovatsiyalar va madaniy o‘zlikning uyg‘unligini qay tarzda aks ettirishini muhokama qildilar.

Bahs-munozarada O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, Metropoliten muzeyining arxitektura va dizayn bo‘yicha san’at arbobi Abraham Tomas va “Cartier” jamg‘armasining strategik loyihalar direktori Beatris Grenye ishtirok etdilar. “The Grand Tourist” podkastining boshlovchisi Den Rubinshteyn moderatorlik qildi.