ARIZA TOPSHIRISH MUDDATI: 2025-yil 19-avgust, 23:59 (BST)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Delfina Foundation birgalikda birinchi Buxoro biennalesi doirasidagi Kuratorlik maktabida ishtirok etish uchun karyerasining boshlang‘ich bosqichidagi kuratorlar uchun Open Call e’lon qiladi.
BBBB Curatorial School Buxoroda bo‘lib o‘tadi va olti nafar kurator — uch nafari O‘zbekistondan, uch nafari esa Osiyodan — yangi yondashuvlarni sinab ko‘rish hamda ko‘rgazma tashkil etishning innovatsion usullarini izlash uchun birlashtiradi. Dastur yakunida barcha ishtirokchilar hamkuratorlik qiladigan yirik xalqaro ko‘rgazma 2026-yil bahorida bo‘lib o‘tadi.
Gayane Umerova tashabbusi bilan va Buxoro biennalesi badiiy direktori Diana Campbell rahbarligida amalga oshirilayotgan BBBB Curatorial School an’anaviy akademik muassasa emas, balki hamkorlikka asoslangan, birgalikda o‘rganish, tanqidiy fikrlash va uzoq muddatli professional aloqalarni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan maydondir. Ishtirokchilar yirik biennaleninig ichki jarayonlariga noyob kirish imkoniga ega bo‘ladilar hamda ko‘rgazmalar qanday qilib madaniy va tarixiy kontekstga mazmunli javob bera olishini o‘rganadilar.
Dastur bosqichlari
1-bosqich — 2025-yil 16–25-sentyabr
Biennale bilan tanishuv: Buxorodagi ko‘rgazmalar va madaniy meros obyektlariga ekskursiyalar; rassomlar va tashrif buyurgan kuratorlar bilan uchrashuvlar; generativ kuratorlik va buyurtma asosidagi amaliyotlar bo‘yicha ma’ruzalar va keys-stadilar.
2-bosqich — 2025-yil 1–9-oktabr
Kontekst va hamkorlik: Markaziy Osiyo simpoziumida ishtirok; hamkorlikdagi ko‘rgazma uchun dastlabki kuratorlik g‘oyalarini taqdim etish; umumiy mavzular va yo‘nalishlarni aniqlash.
3-bosqich — 2025-yil 1–8-noyabr
Murabbiylik va ko‘rgazma ishlab chiqish: Xalqaro kuratorlar-murabbiylar bilan ishlash; Toshkentdagi studiyalarga tashriflar; ko‘rgazma dizaynerlari va avvalgi biennale hamkorlari bilan uchrashuvlar.
4-bosqich — 2025-yil 16–22-noyabr
Refleksiya va yakuniy bosqich: Biennaleninig yopilish tadbirlarida ishtirok; kuratorlik tanqidi, baholash va o‘z-o‘zini tahlil qilish bo‘yicha ustaxonalar.
Final — 2026-yil bahori
Xalqaro ko‘rgazma hali e’lon qilinmagan manzilda bo‘lib o‘tadi. 2026-yil yanvar–mart oylarida ikki safar tashrif rejalashtirilgan bo‘lib, o‘rnatish ishlari va ochilish aprel/may oylariga mo‘ljallangan.
Ishtirok etish talablari
- Ariza topshirish vaqtida nomzod yoshi 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak.
- Kuratorlik faoliyatining boshlang‘ich bosqichidagi barcha nomzodlar uchun ochiq — yangi boshlovchilardan tortib institutlarda yoki mustaqil
- ishlayotganlargacha.
- O‘zbekistonlik nomzodlar mamlakat ichida yoki chet elda yashashi mumkin.
- Osiyo (shu jumladan G‘arbiy Osiyo) nomzodlari Osiyo hududida yashashi shart.
- Barcha bosqichlarda shaxsan ishtirok etish va 2026-yil bahorida ko‘rgazma ustida ishlashga tayyor bo‘lish.
- Dastur ish tili — ingliz tili.
Har bir kurator quyidagilarni oladi:
- Xalqaro miqyosda tan olingan kuratorlardan murabbiylik va BBBB rassomlari hamda kuratorlar tarmog‘iga kirish imkoniyati.
- Barcha to‘rt bosqich uchun Buxoroga (borish va qaytish) aviachipta.
- Har bir bosqich davomida yashash joyi bilan ta’minlash.
- 2026-yilgi ko‘rgazma joyiga ikki xalqaro tashrif.
- Yangi ko‘rgazmani ishlab chiqish uchun kuratorlik gonorari.
Ko‘rgazma byudjeti ACDF tomonidan ta’minlanadi, batafsil ma’lumot 2025-yil kuzida e’lon qilinadi.
Qanday ariza topshirish mumkin
Arizalarni 2025-yil 19-avgust, 23:59 (BST) ga qadar quyidagi havola orqali yuboring:
OPEN CALL FOR EMERGING CURATORS
Ariza tarkibi:
- Bir betlik CV.
- Ikki tavsiyanoma beruvchining aloqa ma’lumotlari (telefon va e-mail).
- Sizga yaxshi tanish bo‘lgan kontekstda yangi asar buyurtma qilmoqchi bo‘lganingizni tasvirlovchi 500 so‘zlik taklif. Taklifda qaysi rassomni taklif qilmoqchi ekaningizni va nima uchun bu kontekst muhimligini tushuntiring. Shuningdek, rassomlar, hamkasblar yoki jamoalar bilan qanday hamkorlik qilishingizni qisqacha bayon qiling.
Tanlov jarayoni
- Tanlovni Buxoro biennalesi badiiy direktori Diana Campbell, ACDF va Delfina Foundation vakillari kirgan hay’at amalga oshiradi.
- 2025-yil 25–26-avgust: Short-listga kirgan nomzodlar bilan onlayn suhbatlar.
- 2025-yil 28-avgust: Yakuniy ishtirokchilar e’lon qilinadi.