O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Homo Faber 2026 doirasida amalga oshiriladigan Yosh Elchilar dasturida ishtirok etish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi. Mazkur xalqaro ko‘rgazma Mikelanjelo Ijodkorlik va hunarmandchilik jamg'armasi tomonidan tashkil etilib, 2026-yilda Venetsiya (Italiya) shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mediatorlar dasturi “Homo Faber 2026” ko‘rgazmasi davomida yosh mutaxassislarni xalqaro ko‘rgazma, madaniy va kommunikatsion jarayonlarga jalb etish, shuningdek zamonaviy hunarmandchilik va badiiy mahorat sohasida kasbiy mahoratlarni rivojlantirishga qaratilgan.


Dastur haqida

Mediatorlar (Yosh Elchilar) — “Homo Faber” ko‘rgazma loyihasining asosiy vakillari hisoblanadi. Ular ko‘rgazma maydonining kundalik faoliyatini ta’minlaydi hamda xalqaro auditoriya, ekspertlar hamjamiyati, kuratorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan professional muloqotni yo‘lga qo‘yadilar.

Dastur ishtirokchilarga zamonaviy hunarmandchilik va badiiy amaliyotlarga bag‘ishlangan eng yirik xalqaro loyihalardan biri doirasida amaliy tajriba orttirish, shuningdek Mikelanjelo jamg'armasi faoliyati va global madaniy muhit bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.


Kimlar ariza topshirishi mumkin?

Quyidagi mezonlarga mos nomzodlar taklif etiladi: 

-Kreativ sanoat, dizayn, san’at, madaniy menejment yoki biznes yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar yoki yaqinda bitirganlar
-18 yoshdan 35 yoshgacha
-Ingliz tilini erkin bilish
-Italyan tilini kamida A2 darajasida bilish (italyan va boshqa xorijiy tillarni erkin bilish ustunlik beradi)
-Istalgan mamlakat fuqarolari (Italiyaga viza olish imkoniyati mavjud bo‘lishi shart)
-Hunarmandchilikni o‘rganish va targ‘ib etishga motivatsiya, bilim uzatish va madaniy merosga qiziqish
-Kishilar bilan ishlashga bo‘lgan kuchli ishtiyoq
-Mahoratli muloqot ko‘nikmalari
-2026-yil 19-avgustdan 1-oktabrgacha Venetsiyada bevosita ishtirok etish imkoniyati

Xalqaro madaniy loyiha doirasida professional o‘sish va amaliy tajriba orttirishga intilgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.


Vazifalar 

Mediatorlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-Ko‘rgazma tashrifchilari bilan faol muloqot qilish
-Ko‘rgazmaning umumiy konsepsiyasi va kuratorlik g‘oyasini taqdim etish
-Loyiha ishtirokchilari va ularning ishlarini tanishtirish
-Tashrifchilar bilan muloqot orqali ustalar ishlarining xarid, buyurtma yoki hamkorlik obyekti sifatidagi salohiyatini ochib berish
-Ko‘rgazma makonlari o‘rtasida mantiqiy va izchil navigatsiyani ta’minlash
-Kirish taqdimotlarini o‘tkazish
-Ekskursiyalar tashkil etish va xususiy guruhlarga hamrohlik qilish
-O‘quv dasturi davomida olingan bilim va ma’lumotlarni yetkazish
-Ustalar va ularning amaliyotlari tanilish darajasini oshirish
-Mediatorlar loyiha qadriyatlari va missiyasining madaniy elchilari sifatida faoliyat yuritadi.


Ish davri

Dastur umumiy davomiyligi taxminan 2,5 oy:
2026-yil 18-avgustdan 1-oktabrgacha.

Arizalar 2026-yil 27-fevralgacha qabul qilinadi.

Mediatorlar faoliyati Venetsiyadagi “Homo Faber” maydonida mahalliy koordinator tomonidan muvofiqlashtiriladi. Ish boshlanishidan avval saralangan nomzodlar kirish onlayn sessiyasida ishtirok etadi.


Ishtirok shartlari

Saralab olingan mediatorlarga quyidagilar taqdim etiladi: 

-Ish davri uchun turar joy to‘lovi
-O‘zbekistondan Venetsiyaga va ortga qaytish uchun avia parvoz
-“Homo Faber 2026” rasmiy akkreditatsiyasi
-Loyiha ko‘rgazma maydonlariga kirish huquqi
-Loyiha jamoasi tomonidan tashkiliy va professional ko‘mak.
  

Ariza topshirish tartibi

2026-yil 27-fevral kuni soat 11:59 gacha (Toshkent vaqti bilan) havola orqali quyidagilar taqdim etilishi lozim:

 

1. Video-motivatsiya (2 daqiqagacha), unda:

O‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot
Nega dasturda ishtirok etishni istaysiz
Nima sababdan o‘zingizni yosh ambassador roliga munosib deb hisoblaysiz
Do‘stlaringiz sizni ta’riflashi mumkin bo‘lgan 2–3 ta sifat
“Homo Faber 2026: An Island of Light” mavzusi haqida tushunchangiz
Dastur professional kamol topishinigiz uchun nimasi bilan muhim?
2. Rezyume (CV)

3. Portfolio (ixtiyoriy)

4. Professional surat

Dastlabki saralashdan o‘tgan nomzodlar onlayn yoki oflayn suhbat bosqichiga taklif etiladilar.