Abilxon Qasteyev nomidagi Qozog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyida “O‘rol Tansiqboyev: ijod saylanmasiga nazar” nomli yirik ko‘rgazma o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Namoyishga qo‘yilgan ashyolar orasidagi eng shoh asarlar rassomning dastlabki ijodidagi avangard uslubida yaratilgan yorqin, boy, dadil siymo va manzaralardan iboratdir. Ular Igor Savitskiy tomonidan xarid qilinib, Nukus san’at muzeyiga qo‘yilmagunga qadar uzoq vaqt davomida ustaning chordog‘ida saqlanib kelgan. Tansiqboyev ijodining ilk yillarida uning tug‘ma iste’dodi, ranglarni his qilish qobiliyati va surtma bo‘yoqlarning hayratlanarli darajadagi hassosligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Biroq mazkur asarlarning o‘zidayoq musavvir dastxatiga xos uslubning mahobatliligi ko‘zga tashlanar edi, bu keyinchalik uning rangtasvir ishlarida yanada kuchliroq namoyon bo‘ladi. Bunga 1934-yilda chizilgan mashhur “Qozoq juvoni” asari ravshan misol bo‘la oladi.
“O‘rol Tansiqboyev: ijod saylanmasiga nazar” ko‘rgazmasi 2025-yil 1-iyungacha davom etadi.