“Naqsh” hunarmandchilik maktabining 2-moduli — “Geometriya va naqshga kirish” dasturiga arizalar topshirish uchun so‘nggi kunlar qolmoqda.

2026-yil 26-yanvardan Toshkent shahrida Qirollik jamg‘armasining An’anaviy san’at maktabi (KFSTA) yetakchi ustozlari jamoasi ishtirokchilarni qadimiy bilimlar olamiga chuqur sho‘ng‘ishga chorlaydi. Bu bilimlar tizimida geometriya — uyg‘unlik asosi, naqsh esa dunyoqarashning badiiy ifodasidir. “Naqsh” hunarmandchilik maktabi devorlarida talabalar asrlar davomida O‘zbekiston me’moriy qiyofasini shakllantirgan tamoyillarni o‘rganadi va amaliyotda qo‘llaydi.


Mashg‘ulotlar dasturi, ishtirok etish shartlari va ta’lim to‘lovi bo‘yicha batafsil ma’lumot “Naqsh” hunarmandchilik maktabining rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.


📅 26-yanvar – 13-fevral (ish kunlari)

📍 Toshkent

🏫 Joyni band qilish uchun qaytarilmaydigan ro‘yxatdan o‘tish badali undiriladi


☝️ Dastur ishtirokchisiga aylanish uchun so‘nggi imkoniyat — ariza topshirish uchun havola.