O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Samarqand shahrida           2–3-noyabr kunlari “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya poygasi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

“Samarkand Marathon” oltinchi bor o‘tkazilmoqda. 2019-yilda tadbir yarim marafondan iborat edi, 2022-yilda u mavjud bisotga 42,2 km.lik masofa qo‘shilib, to‘laqonli marafonga aylandi. Bu yilgi yugurish o‘rinlarining umumiy soni 6000 tani tashkil etadi.

2-noyabr kuni 4 yosh va undan katta bolajonlar poygasi va shimoliy (skandinavcha)         2 km.lik masofaga yurish bellashuvi o‘tkaziladi;

3-noyabr kuni quyidagi masofalarda poygalar oʻtkaziladi: 42.2K marafon, 21.1K yarim marafon, 10K, 5K va 2K.lik poygalar. Shuningdek, eshitish va ko‘rish qobiliyati cheklangan kishilar uchun 5K.lik masofa mavjud bo‘ladi.

“Samarkand Marathon”ning ikkalla kunida ham “plogging” – ko‘ngilli yugurib chiqindilardan tozalash tadbiri ham bo‘lib o‘tadi. Eko-ploggingda 16 yosh va undan kattalar ishtirok etishlari mumkin, ota-onalar esa farzandlari bilan yelkama-yelka qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Poyga yakunida plogging ishtirokchilari orasida hamkorlar homiylik qiluvchi sovrinli o‘yinlar o‘ynaladi.

 Masofa yo‘lagi Samarqandning tarixiy qismi bo‘ylab o‘tadi, unda sportchilar o‘z masofalarini shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab tarixiy obidalar tevaragidan yugurib o‘tadilar. Start va marra chizig‘i Registon maydoni yonida joylashadi.

Shuningdek, tadbirning birinchi kuni 2-noyabrda turkumning barcha tadbirlarida yaxshi an’anaga aylangan katta konsert barcha to‘planganlarni xushnud etadi.

2022-yilda “Samarkand Marathon” yosh toifalari bo‘yicha “Abbott WMM Wanda Age Group Championship” jahon chempionatining saralash poygalari ro‘yxatiga kiritilgan.

Shuningdek, Samarqand marafoni va yarim marafoni yo‘laklari Butunjahon yengil atletika uyushmasi (World Athletics) va Xalqaro marafonlar uyushmasi (AIMS) tomonidan shahodatlangan. Sertifikatlash jarayonini jahon chempionatlari va Olimpiya o‘yinlari uchun trassalarga guvohnomalar huquqini beruvchi eng yuksak  “A” toifali litsenziyaga ega marafon yo‘laklari va poygalarini rasmiy mezoni tomonidan amalga oshirilgan.

“Samarkand Marathon” xayriya yugurish musobaqalari turkumi mamlakatimizdagi madaniyat va san’at maskanlarida hamma uchun barobar teng muhit yaratish muammosi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda sport sayyohligini rivojlantirish vazifalariga yechim topishda jamoatchilik e’tiborini jalb qilishga ko‘maklashadi.

 

Batafsil ma’lumot, dastur va ro‘yxatdan o‘tish havolasida mavjud.