O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi taklifiga binoan “Bolalardan – bolalarga” bolalar ijodiy kontsertida Toshkentning taniqli ijodiy jamoalari: “Aladdin” studiyasi, “Melodiya” studiyasi va “Aria” ijod ustaxonasi ishtirok etadilar. Jasur Mirsagatov va SAHAR guruhi konsert dasturi mehmonlari bo‘lishadi.
Shodiyonaning jajji mehmonlari uchun nafaqat yorqin estrada tomoshasi, balki ko‘plab tadbirlar ham tayyorlangan: bolalar o‘zlarining sevimli qahramonlari bilan uchrashishlari, o‘yin va musobaqalarda qatnashishlari mumkin.
Bayramona konsert dasturi barcha poytaxtlik bolalarga musiqiy tuhfa bo‘lib, yosh tinglovchilarning san’at va ijodga qiziqishlarini uyg‘otadi.
“Aladdin” estrada studiyasi 1991-yilda tashkil etilgan. O‘tgan yillar davomida studiyaning 50 nafardan ortiq tarbiyalanuvchilari Chexiya, Gruziya, Ispaniya, Italiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan “Yangi to‘lqin”, “Katta sahna” kabi mashhur ijodiy tanlovlar sohiblari bo‘lishgan. Studiya badiiy rahbari Rustam Hamroqulov “Shuhrat” medali bilan taqdirlanib, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” unvoniga sazovor bo‘lgan.
“Melodiya” musiqa va san’at studiyasi katta yoshdagilarni bolalar uchun ijodiy makoni bo‘lib, unda tajribali muallimlar har bir iste’dodning o‘zini namoyon etishiga ko‘maklashadi. Ikki yilllik faoliyati davomida studiya o‘quvchilari mo‘jaz chiqishlar turkumini taqdim etib, ikkita yirik hisobot konsertini namoyish etdilar.
“Ariya” ijod ustaxonasi 7 yildan beri mavjud bo‘lib kelayotgan vokal maktabidir. Studiya talabalari “Голос. Дети”, “Детская Новая Волна”, “San Remo Junior” kabi loyihalar va boshqa xalqaro tanlovlarning bir necha bor ishtirokchisi va sovrindorlari bo‘lishgan. Toshkentda “Ariya” ustaxonasi sanʼatkorlari “Jazzirama” guruhi bilan birgalikda “Jaz Umidlari” konsert va maʼrifiy loyihasini tomoshabinlar e’tiboriga havola qiladilar.