Toshkent, Oʻzbekiston – 2024-yil 21-iyun. 2024-yil 26-sentabr kuni Buyuk Britaniyaning Londondagi Britaniya muzeyida “Ipak yoʻllari” koʻrgazmasi oʻz ishini boshlaydi. Oʻzbekistonning muzey sara to‘plamlariga mansub 14 ta eksponat Buyuk Britaniyaning bosh muzeyida namoyish etiladi.
Keng jamoatchilikning Ipak yoʻli va uning tuzilishi haqidagi qumtepalarni kesib oʻtayotgan tuya karvonlari, ipak va ziravorlarni bozorlarda savdolashayotgan tijoratchilar singari shu kabi tasavvurlari yetarli darajada ommalashgan. Britaniya muzeyidagi koʻrgazma mazkur nuqtai nazarga chaqiriq tashlab, Yaponiyadan tortib to Buyuk Britaniyagacha va Skandinaviyadan to Madagaskargacha boʻlgan Osiyo, Afrika, Ovro‘pa mamlakatlari o‘rtasidagi jamiyatlar va madaniyatlarni qamrab olgan murakkab aloqalar tizimini ochib beruvchi nafaqat Sharq va G‘arb oʻrtasidagi savdo tarixiga oid keng qamrovli tushunchani taqdim etadi.
“Britaniya muzeyi oʻzining maftunkor, ko‘plab mukofotlarga munosib, deb topilgan koʻrgazmalari bilan dunyoga mashhur boʻlib, bunga men doim qoyil qolib kelganman. “Ipak yoʻllari” men direktor boʻlgan chog‘imdan buyon ilk koʻrgazma loyiham hisoblanib, u xalqaro madaniy hamkorlik uchun betakror imkoniyat yaratgan holda mavjud tasavvurlarga chaqiriq tashlashi meni hayratga soladi”. – Nikolas Kullinan, Britaniya muzeyi direktori.


Qulochi bo‘yicha keng qamrovli va jo‘g‘rofiy miqyosi bo‘yicha ulkan bo‘lgan “Ipak yo‘llari” ko‘rgazmasida kishilar, buyumlar va g‘oyalarning muttasil hijrat qilishi madaniyat va tarixni shakllantirishga qay yo‘sinda turtki bergani kashf etiladi. Yoʻllardan ming yillar mobaynida foydalanilgan va bo‘lg‘usi ko‘rgazma ularning tarixidagi hal qiluvchi – milodiy 500–1000-yillardagi davrni qamrab oladi.


Koʻrgazma beshta jo‘g‘rofiy hududni oʻz ichiga olib, ular tashrif buyuruvchilarga turli muzey sara to‘plamlariga mansub 300 dan ortiq eksponatlarni namoyish etadigan Ipak yoʻlining oʻz yoʻlaklari boʻylab ravona bo‘lishlariga yoʻl ochadi. Saffolkda topilgan Hindiston anorlaridan tortib to Yaponiyada topilgan Eron shishasigacha, ushbu buyumlar Ipak yoʻli savdo tarmoqlarining hayratlanarli darajada keng doirasini kashf ettiradi.


“Biz Oʻzbekistonning noyob madaniy va tarixiy merosini namoyish etish maqsadida xalqaro hamkorligimizni davom ettiramiz. Britaniya muzeyidagi “Ipak yo‘llari” koʻrgazmasi Markaziy Osiyoning jahon madaniyati va tarixi rivojiga qoʻshgan hissasi hamda Oʻzbekistondagi mavjud muzey sara to‘plamlaridagi eksponatlarimizning betakror va turfa ekanini keng jamoatchilikka namoyish etishga ko‘maklashadi. Britaniyaning yetakchi madaniy muassasasi bilan hamkorlik mamlakatlarimiz oʻrtasidagi madaniy rishtalarni mustahkamlash sari muhim qadamdir”. – Gayane Umerova, Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi.


Aksariyat ashyolar, shu jumladan, shatranj donalarining eng ko‘hna to‘plamlaridan biri va Afrosiyob (Samarqand, Oʻzbekiston)dagi hashamatli 6 metrlik “Elchilar xonasi” devoriy surati Londonda ilk bor namoyish etiladi. Devor rasmi o‘sha davr xalqaro savdosida ustuvor rol oʻynagan, markaziy osiyolik so‘g‘dlarning jahongashta ekanliklari haqida tasavvur uyg‘otadi.


O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “Ipak yo‘li” ko‘rgazmasi uchun mamlakat muzey kolleksiyalarida saqlanayotgan 14 eksponatni taqdim etadi. Ular orasida Markaziy Osiyoning Buyuk Ipak yo‘li tarixidagi ahamiyatiga dalolat bo‘luvchi Varaxsha saroyi alvon mehmonxonasining devoriy surati (VIII asr), qopqoqli suyakdon (VI–VII asr), so‘g‘d yozuvi tushirilgan kumush idish (V asr), Kofirqal’a xarobasiga oid ko‘za (VI–VII asr) va boshqa noyob arxeologik topilmalar mavjud.
G‘oya mulohazakorligi bo‘yicha bu qadar keng miqyosli loyiha Britaniya muzeyining bir guruh muhofizlari tomonidan ishlab chiqilgan.


“Bizning maqsadimiz Ipak yoʻlining sarhadlarimizdan keng va murakkab tarixini Osiyo, Afrika va Yevropaning milodiy 500–1000-yillari davridagi oʻzaro bog‘liqligini alohida ta’kidlagan holda Sharq va G‘arb tijorati nuqtai nazaridangina hikoya qilish bilan cheklanmaydi. Biz xalqaro hamkorligimiz hamda Britaniya muzeyi kolleksiyasi buyumlari bilan bir qatorda namoyish etiladigan eksponatlardan bag‘oyat mamnunmiz. Bu haqiqatan ham Ipak yoʻli ruhidagi mushtarak sa’y-harakatlardir”. – Lyuk Yu-Ping, Xitoy rangtasviri, gravyurasi hamda Markaziy Osiyoga taalluqli sara toʻplamlar muhofizi.


“Ipak yoʻli tarixini tashrif buyuruvchilar ong-shuurida an’anaviy qaror topgan mashhur tasavvur bilan bogʻlanmagan dunyo hududlari hisobiga kengaytirish favqulodda maroqlidir. Masalan, tashrif buyuruvchilar Angliyaning shimoli-sharqida yasalgan, ko‘plab rivoyat va afsonalarga chulg‘angan kit suyagi qutisini koʻradilar. Bu eramizning 500- va 1000-yillari oralig‘idagi qit’alararo aloqalarning keng bo‘lganligini oʻzida mujassam etgan ajoyib buyumdir”. – Syu Brunning , Yevropa ilk oʻrta asrlar va Satton Hu sara toʻplamlari muhofizi.


“Ipak yoʻlining ushbu tarixi Tinch ummonidan Atlantika okeanigacha boʻlgan masofani qamrab olgan koʻplab sayohatlardan iborat. Biz saltanatlardan tortib to muayyan shaxslargacha ham ixtiyoriy, ham majburiy hijrat qilishga xizmat qilgan turli-tuman tarmoqlarni koʻrsatishga intildik. Diplomatlar va ziyoratchilar, olimlar va talabalar, qochqinlar va asirlar, savdogarlar va savdo mahsulotlari xususidagi hikoyalarni tashrif buyuruvchilarga taqdim etish biz uchun ulkan sharafdir”. – Elizabet R. O’Konnell, Vizantiya dunyosi muhofizi.


Koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilar, shuningdek, shaxslarga oid hikoyalar, jumladan, angliyalik uddaburon xufiyona malham o‘g‘risi Villibad, oʻzining yangi qirolligi bilan ipakchilik sir-asrorlari bilan baham koʻrishgan afsonaviy xitoylik malikani kashf etadilar. Dasht-choʻl, tog‘, daryo va dengizlar bo‘ylab oʻtgan Ipak yoʻli bugungi kunda bizga ma’lum boʻlgan zamonaviy dunyo taraqqiyotidan burungi madaniyatlar va qit’alar oʻrtasidagi aloqalar tarixini ochib beradi.


Ko‘rgazmaga bag‘ishlangan “Ipak yo‘llari” ilmiy katalogi nashr yuzini ko‘radi.


Ko‘rgazma ochilishi arafasida London Kolizey teatri sahnasida Oʻzbekiston milliy orkestri va Kirill Rihter jamoatchilikka “Vaqt qumlari” asari hamda Oʻzbekiston milliy baletining ta’sirchan “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli spektakli taqdim etiladi.


11-sentabr 19:00 da “Vaqt qumlari” London Kolizeyi sahnasida;
14-sentabr 19:00 da “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” London Kolizeyi sahnasida.


“Ipak yo‘llari” koʻrgazmasi 2024-yil 26-sentabrdan 2025-yilning                     23-fevraliga qadar Britaniya muzeyidagi “Sainsbury” koʻrgazmalar galereyasida muxlislar uchun muntazir.
 
Matbuot uchun muloqot:
Oʻzbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Matbuot xizmati press@acdf.uz