O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Doha dizayn biennalesida “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazma loyihasini taqdim etadi – tashrif buyuruvchilar O‘zbekistonning boy hunarmandchilik an’analari va zamonaviy ijod uyg‘unligini tomosha qiladilar. Ko‘rgazma 2024-yil 24-fevralda ochilib, O‘zbekiston hunarmandchiligining yorqin olamiga sayohat bo‘lishi kutilmoqda.


“Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” loyihasi Doha dizayn biennalesining badiiy rang-baranglikni tarannum etish va ijodiy peshqadamlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga mos keladi. Ko‘rgazma yog‘och va to‘qimachilik hunarmandchiligining boy tarixi va rang-barangligi, ijodkorlarning mahorati va iste’dodini namoyish etadi. Tashrif buyuruvchilar yog‘och, ikat shoyisi va baxmal matosidan tayyorlangan buyumlarni tomosha qilishlari mumkin. Ko‘rgazma jahon madaniy almashinuvini rivojlantirish va badiiy peshqadamlikning kurtak yozishida muhim rol o‘ynaydi.


Jamg‘arma biennaleda ishtirok etishga O‘zbekistonning hunarmandchilik merosini namoyish etish uchun taklif qilingan.


“Biz O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini Doha dizayn biennalesining strategik hamkorlaridan biri sifatida taklif etdik. Mazkur hamkorlik biennale oldida turgan eng muhim maqsadlardan birini amalga oshirishga, ya’ni tashrif buyuruvchilarga Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika dizaynerlarining ijodiy salohiyati haqida keng tasavvur berishga yordam beradi. Maqsadimiz dizaynni meros va innovatsiyalarning ajoyib uyg‘unligi sifatida taqdim etishdir. “Hunarmand O‘zbekiston” ko‘rgazma loyihasi esa ushbu mato suratning o‘rnini bosib bo‘lmas ipdir”, – Shayx ol-Mayassa bint Hamad bin Halifa Ol Soniy Zoti Oliyalari, Qatar muzeylar idorasi rahbari.


Doha dizayn biennalesining bosh mavzusi bo‘lmish “Mintaqaviy dizayn mukammalligi tantanasi”ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Jamg‘arma Bahrayndagi “Shepherd” studiyasi bilan innovatsion va zamonaviy ko‘rgazma dizaynini yaratish uchun hamkorlik qilmoqda. 31 ming lentikulyar nom va 26 million ipdan foydalanilgan “optik kashta”ning betakror konseptual yondashuvini qo‘llash sharofati bilan tashrif buyuruvchilar O‘zbekistonning an’anaviy hunarmandchiligi muhitiga sho‘ng‘iydilar. Ko‘rgazma g‘oyasi makonning estetik afzalligini yoritish, ayniqsa ranglarning o‘ziga xosligiga urg‘u berish ko‘zda tutilgan. 


“Biz Doha dizayn biennalesida ishtirok etish taklifini olganimizdan mamnun bo‘ldik. Ko‘rgazma loyihamiz biennalening bosh mavzusini aks ettirib, O‘zbekistonning madaniy an’analari va hunarmandchilik merosini ilg‘or zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘un holda birlashtiradi. Loyihaning tayyorlash uchun mas’ul jamoamiz an’anaviy hunarmandchilik, shu jumladan qo‘l mehnati bilan to‘qish va yog‘och o‘ymakorligini namoyish etishga favqulloda alohida e’tibor qaratdi. Mazkur loyiha tashrif buyuruvchilarga O‘zbekistonni yangi nuqtai nazar – eng ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish va qo‘llash bilan tarixiy ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylayotgan mamlakat sifatida ko‘rish imkonini beruvchi innovatsion yondashuvlarni o‘z ichiga oladi”, – O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova.


Ko‘rgazmada 49 ta qo‘l mehnati namunalari, jumladan, dizayner Nada Debs va o‘zbekistonlik usta Sirojiddin Rahmatillayev hamkorligidagi asarlar namoyish etiladi. O‘z hamkorliklarida ular tashrif buyuruvchilarga an’anaviy mebel unsurlarining zamonaviy talqinini taqdim etadilar. Nada va Sirojiddinning mushtarak ishlari anʼanaviy hunarmandchilikning zamonaviy dizayn bilan uygʻunlashuvi samarasi boʻlib, Oʻzbekiston sanʼatidagi tadrijiy rivojlanishni namoyish etadi.


“An’anaviy supa karavotlarga zamonaviy qarashni yaratish ustida 50 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, shuhrat qozongan Sirojiddin bilan men an’anaviy uslubga yangicha yondoshishim mumkinligini his qildim. Uning yangi g‘oyalarga nisbatan o‘tkir zehn bilan idrok etishi chindan ham ilhomlantiruvchi bo‘lib, menga cheklovlarsiz ijodiy erkinlik berdi. Bundan tashqari arab dunyosi va O‘zbekiston hunarmandchiligi o‘rtasidagi rishtani ko‘rish juda qiziq bo‘ldi. Men buni hunarmandchilik tarixi va madaniyatlar o‘rtasidagi fikr almashinuvini aks ettiradigan vaqt kapsulasiga o‘xshaydi, deb hisoblayman”. – Nada Debs, dizayner.


“Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” O‘zbekiston madaniy merosining naqadar chuqur va boy ekanligini o‘tmish bilan bugungi kunni bog‘lovchi nuqtai nazardan tadqiq etadi. 


“Kelajakni yaratish: istiqbolni yaratish uchun hunarmandchilik va dizayn chorrahasini tadqiq etish” – Doha dizayn biennalesining ma’rifiy dasturining mavzusi. Muhokamalar an’anaviy hunarmandchilik va zamonaviy dizayn o‘rtasidagi uyg‘unlik, dizaynning ijtimoiy vaziyat va milliy taraqqiyotdagi o‘zgartiruvchan roliga bag‘ishlanadi.


25-fevral kuni “Kelajakni yaratish: istiqbolni yaratish uchun hunarmandchilik va dizayn chorrahasini tadqiq etish” jamoatchilik muhokamasida qatarlik dizayner Abdulrahmon Al Muftah, Al-Ula Qirollik komissiyasining sanʼat va akademik doiralarini rivojlantirish boʻyicha menejeri Hamad Alhomidan hamda Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Madaniy hamkorlik boshqarmasi rahbari Azizbek Mannopov ishtirok etadilar. Ma’ruzalarga dizayn bo‘yicha taniqli konsultant va strategik maslahatchi Siril Zammit moderatorlik qiladi.


Bahs-munozara qatnashchilari turli madaniy manzaralarda hunarmandchilikning tadrijiy rivojlanishi va zamonaviy texnologiyalarning an’anaviy san’atga ta’siri haqida so‘zga chiqadilar. Muhokamadan hunarmandchilik evolyutsiyasi va uning jamiyat, madaniyat hamda iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganish, dizaynni davlat siyosati va milliy rivojlanish strategiyalariga tatbiq etishda yangi yondashuvlarni rag‘batlantirish maqsadlari ko‘zlangan.


O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ushbu noyob va boy tajribani Doha dizayn biennalesida faxr bilan taqdim etib, O‘zbekiston hunarmandchiligining dolzarbligi va ularning zamonaviy dizayndagi o‘rnini ta’kidlaydi.


“Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana”

24-fevral – 30-mart 

M7, Doha, Qatar.


Matbuot uchun aloqa:

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Matbuot xizmati

press@acdf.uz 


Instagram:

acdfuz 


O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga 2017-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga binoan asos solingan. Jamg‘armaning pirovard maqsadi O‘zbekiston madaniyatini xalqaro miqyos manzarasiga uzviy singdirish, madaniyat muassasalarida bag‘rikeng va qulay muhitni yaratish orqali mamlakat ichidagi imkoniyatlarni taraqqiy ettirish, muzeylarni ta’mirlash, metsenatlikni rivojlantirish hamda muzey, teatr va boshqa madaniyat muassasalari uchun xodimlar salohiyatini shakllantirishdan iborat. Jamg‘armaning loyihalari san’at, adabiyot, teatr, musiqa, me’morchilik, raqs san’ati, kino kabi qator yo‘nalishlarni qamrab olgan. Fanlararo yondashuvni qo‘llagan va turli mamlakatlar yetakchi mutaxassislarini birlashtirgan holda Jamg‘arma MDH, Yevropa va Osiyo mamlakatlari orasida madaniy diplomatiyaning yillar osha barq urishini rag‘batlantiradi.

acdf.uz


Doha dizayn biennalesi – Qatarda o‘tkaziladigan yangi tadbir hisoblanib, u dizayn sohasida mahalliy, mintaqaviy va jahon ilg‘or tajribasini almashish maydonini taklif etadi. Qatar Muzeylar idorasi raisi Al Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy Zoti Oliyalari rahbarligida ta’sis etilgan tashabbus ko‘rgazmalar va turli dasturlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Loyihalar “M7”, “Liwan”, Qatardagi Virjiniya hamdoʻstlik universiteti sanʼat maktabi, Msheyreb muzeyi kabi mahalliy tashkilotlar hamda xalqaro sheriklar bilan yaqin hamkorlikda puxta qoʻllab-quvvatlov asosini yaratish va jamiyatda daxldorlik hissini rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilmoqda. Tadbir har ikki yilda bir marotaba o‘tkazilib, unda doimiy e’tibor Qatar ijodiy tarmog‘ining o‘sib borayotgan salohiyatiga qaratiladi.


Qatar Muzeylar idorasi kengayayotgan muzeylar, meros obyektlari, festival, qurilma va ommaviy san’at dasturlari tarmog‘i orqali madaniy tajribani oshiruvchi mamlakatning yetakchi san’at va madaniyat muassasasi hisoblanadi. Qatar muzeylari idorasi mamlakatning madaniy obidalari va tarixiy diqqatga sazovor maskanlarini saqlaydi, tiklaydi va kengaytiradi, Qatar, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Janubiy Osiyo sanʼati va madaniyatini dunyo bilan baham koʻrishadi hamda fuqarolar, aholi va tashrif buyuruvchilar hayotini boyitadi.


Nada Debs Bayrut shahrilik dizayner. Uning ijodi mahsulot va mebel dizaynidan tortib to hunarmandchilik, san’at, moda va interyer sohalaridagi yagona nusxadagi buyurtmalargacha bo‘lgan keng ko‘lam va ixtisoslikni qamrab oladi. Nada Yaponiyada voyaga yetib, AQShning Roud Ayland dizayn maktabida dizayn bo‘yicha tahsil olgan. Uning asarlari madaniyat va san’atni uyg‘unlashtirib, ko‘tarinki ruh kayfiyatini uyg‘otadi. Nadaning fikricha, dizayn hech qanday vaqt yo chegaralarga bo‘ysinmaydi, bu esa birinchi darajada bizga daxl qilmay qolmaydi.

www.nadadebs.com