O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi va Buxoro biennalesi boshqaruvchisi Gayane Umerova Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan “India Art Fair 2025” ko‘rgazmasida ishtirok etib, Buxoro biennalesi muhofizi Diana Kempbell moderatorligida munozaralarda so‘zga chiqdi.


“Xilma-xilliklararo birdamlikni shakllantirish: Buxoro biennalesida Markaziy va Janubiy Osiyo” mavzusidagi bahs-munozara doirasida ma’ruzachilar tomonidan Markaziy Osiyo va Hindiston o‘rtasidagi chuqur madaniy rishtalar muhokama etildi.


Tadbir Buxoro biennalesi arafasida bo‘lib o‘tdi va Subodh Gupta, Munisa Xolxo‘jayeva va Oyjon Xayrullayeva kabi rassomlarni birlashtirib, ular zamonaviy san’atga ta’sir qilishda davom etayotgan tarixiy madaniy aloqalar xususida fikr almashdilar. Buxoro biennalesi mintaqa rassomlari uchun madaniyatlararo muloqot maydoniga aylanishi kutilmoqda.