O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi va milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-apreldagi “Moddiy madaniy meros obyektlarining milliy ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 227-son qarori qabul qilindi.
Birinchi bosqichda Davlat sanʼat muzeyi, “Oʻzbekiston” va “Shodlik” mehmonxonalari, “Kosmonavtlar” metro bekati, Aviatsiya ishlab chiqaruvchilar saroyi kabi 10 ta yangi obyekt roʻyxatga kiritildi, 10 ta obyektning maqomi o‘zgartirildi.
Jamg‘arma, shuningdek, yuqorida qayd etilgan modernistik uslubdagi binolarni YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritish uchun nomzodnoma tayyorlamoqda.