Nukus shahridagi I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi 2025-yil 1-iyunga qadar uzaytiriladi.
Rassom Ruvim Mazel ilk bor Turkmanistonga 1915-yilda borib qoladi va taqdir taqozosi bilan u yerda qizil askarlarga mo‘ljallangan, keyinchalik “Sharq san’atining zarbdor maktabi” deb nomlangan ilk rassomchilik bilim yurtida ishlash maqsadida qoladi. Rangtasvirchi turkman gilamlarining purma’no jimjimalaridan ilhomlanib, uning naqshinkor burmalariga mutanosib ravishda o‘z san’atiga sayqal bergan holda gilamning bezakli suratlariga atab san’atshunoslik qissalarini bag‘ishlaydi. Shu zayl 1920-yillardagi badiiy avangardning mashhur namunalariga uslubiy jihatdan o‘xshash handasaviy shakllarga asoslangan Mazel mo‘yqalamiga mansub “Dasht so‘zlaydi” nomli eng mashhur turkum asarlar dunyo yuzini ko‘radi.
🖼 Ruvim Mazel, “Dasht so‘zlaydi” asarlar turkumi, 1925