Restavratsiya, muzey infratuzilmasi va madaniy merosni asrab-avaylash sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Alohida eʼtibor 100 mingdan ortiq durdona san’at asarlari sara toʻplamlariga muhofizlik qilayotgan Nukus shahridagi Savitskiy nomidagi muzeyga qaratildi. Kolleksiyani asrab-avaylash, saqlash va namoyishga qoʻyish sharoitlarini takomillashtirish uchun fransuz meʼmorlari va restavratorlarini jalb etish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.