4-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida Bolshoy teatrning prima-balerinasi Svetlana Zaharova va skripkachi Vadim Repin ishtirokida “Pa-de-de” tantanavor oqshomi bo‘lib o‘tadi. Zaharova Bolshoy teatr solistlari bilan yakkaxon va duetda chiqish qiladi, Repin esa Paganini, Chaykovskiy, Sen-Sans, Pyatstsolla asarlarini ijro etadi. Xoreograflar Petipa, Fokina, Bigonsetti, Kobborg asarlari yangraydi. 2014-yilda ilk bor taqdim etilgan loyiha Fransiya, Germaniya, Rossiya va Yaponiya tomoshabinlari qalbini zabt etgan.
Manzil: Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri