Yaponiya rekonstruksiya vaziri Tadahiko Ito “EXPO 2025” ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilioniga tashrif buyurdi.
Maxsus tashkil etilgan hamrohlikdagi sayr doirasida janob Ito namoyishga qo‘yilgan ashyo va buyumlar bilan batafsil tanishib, taqdim etilgan g‘oyaning teranligidan samimiy hayratda ekanligini bildirdi.
Vazir O‘zbekistonning barqaror rivojlanish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish sari intilishlarini yuqori baholab, ayniqsa, 2030-yilga borib qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini 54 foizga yetkazish maqsadini qayd etdi.