Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi taklifiga binoan Indoneziya Respublikasi Elchixonasi bilan hamkorlikda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro jaz festivalida Rumah Angklung va Arunika Angklung guruhlari muvaffaqiyatli chiqish qildi.
Konsert davomida mualliflik asarlaridan tashqari Indoneziyaning an’anaviy va mumtoz kuylari yangrab, tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni inʼom etdi va boy musiqiy madaniyatga sho‘ng‘ish imkoniyatini taqdim etdi.
Festival 29-apreldan 13-maygacha davom etadi. Kirish bepul.