Milanda madaniyat, san’at va shahar makonini rivojlantirishning asosiy chaqiriqlari va istiqbollari muhokama qilinadigan “Ertangi kun san’ati” (“Art for Tomorrow”) xalqaro anjumani o‘z ishini boshladi.

Ochilish marosimi “Triennale Milano”da Demokratiya va madaniyat jamg‘armasi prezidenti Ahilles Saltas, Milan merining madaniyat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Tommazo Sakki va me’mor Stefano Boerining tabrik so‘zlari bilan boshlandi.

Dasturning birinchi kunidan san’atning hamjamiyatlar hayotidagi roli, madaniy rivojlanishning kelajakdagi ssenariylariga oid muhokamalar hamda ijod va urbanistika o‘rtasidagi muloqot ramzi sifatida Milanda XXIV Xalqaro triennalesi ko‘rgazmasining ochilishi kabi mavzular o‘rin olgan.