Biyennalening madaniy dasturi doirasida Respublika bolalar kutubxonasi sobiq “Pochchoqul Xoʻja” masjidi (XIX asr)ning binosida pop-up o‘quv zalini ishga tushirdi. Tarixiy makon oʻquvchi va tadqiqotchilar uchun jozibador zamonaviy maskanga aylandi.
Tashrif buyuruvchilar eʼtiboriga o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi badiiy asarlar va ensiklopediyalardan tortib, bolalar va ilmiy-ommabop kitoblargacha bo‘lgan sara adabiyotlar to‘plami havola etiladi.
Kutubxonada har hafta mahorat darslari, bolalar uchun dasturlar o‘tkaziladi. O‘quv zali har kuni soat 9:00 dan 20:00 gacha ochiq bo‘lib, barcha to‘plamlardan erkin foydalanish imkonini taqdim etadi.