Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida o‘zgacha kecha bo‘lib o‘tdi: Mariy Davlat akademik opera va balet teatri (Erik Sapayev nomidagi) Sergey Prokofyevning afsonaviy “Romeo va Julyetta” baletini Konstantin Ivanov talqinida namoyish etdi.

Tomoshabinlar buyuk sevgi tarixining chuqur tuyg‘ulari va dramatizmi bilan to‘yingan nafis akademik xoreografiyaga guvoh bo‘lishdi✨