XIX Venetsiya meʼmorchilik biennalesida O‘zbekiston milliy pavilionining jamoatchilik uchun dasturi doirasida “Fan madaniyat sifatidaʼʼ va “Quyosh materialshunosligining kelajagi sariʼʼ mavzularida ikkita mazmunli shoʻba bahs-munozaralari bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar ilmiy tafakkurning meʼmorchilik amaliyotlari, muassasaviy strategiyalar hamda barqaror kelajak gʻoyalariga qay tarzda ta’sir etishini muhokama qildilar. Bilim madaniyatidan tortib to quyosh energetikasining istiqbollarigacha boʻlgan masalalardan iborat muloqot “Koʻzlarni qamashtiruvchi yogʻduʼʼ nomli ko‘rgazmaning bosh mavzularini qamrab oldi.

Ushbu uchrashuvlar pavilion dasturining muhim qismiga aylanib, O‘zbekistonning ilm-fan, meʼmorchilik va atrof-muhit tafakkuri o‘rtasidagi bogʻlikka oid global muloqotning faol ishtirokchisi sifatidagi oʻrniga urgʻu berdi.