2025-yilning 16–26-oktabr kunlari Dohadagi Islom san’ati muzeyi (MIA) tomonidan O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Ektashif” yillik ta’lim san’at dasturi doirasida bir guruh qatarlik rassomlar Toshkent, Samarqand va Buxoroga tashrif buyurishadi.
Dasturda ishtirokchilarni O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosi, an’anaviy hunarmandchiligi hamda zamonaviy ijodiy badiiy amaliyotlari bilan tanishtirish nazarda tutilgan.
Tashrif yakunlari bo‘yicha 2026-yilning bahorida Doha shahrida ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi va unda ushbu dastur doirasida yaratilgan rassomlarning asarlari namoyish etiladi.
