“Bukhara Night Race 2025” musobaqasi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

13-sentabr kuni biz to‘rtinchi bor qadimiy Buxoro ko‘chalari bo‘ylab yuguramiz.

Bu yil sizlarni:
✅ yangi yarim marafon masofasi,
✅ yangi yugurish yo‘lagi,
✅ 5 va 10 km masofalarga yugurish,
✅ bolalar poygalari,
✅ skandinavcha (shimoliy) yurish hamda
✅ erkin yugurish barobarida chiqindilarni yig‘ish eko-plogging tadbiri kutmoqda.

2025-yil “Bukhara Night Race” musobaqasi alohida ahamiyat kasb etadi, chunki yugurish musobaqalari butun dunyodan tashrif buyuruvchi rassom va hunarmandlarni birlashtirgan birinchi Buxoro biennalesi bilan bir vaqtda o‘tkaziladi. Ekspozitsiyalar shaharning to‘rtta karvonsaroy, “Govkushon” va “Rashid” madrasalari hamda “Xo‘ja Kalon” masjidi kabi diqqatga sazovor me’moriy maskanlari tevaragiga joylashtiriladi. 13-sentabrdanoq boshlab biennalening “Qalblar dardiga darmon” nomli bosh ko‘rgazmasi barcha ixlosmandlar uchun muntazir bo‘ladi.

Ushbu yirik tadbirning ishtirokchisiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting (https://events.samarkandmarathon.uz/), sizlarni Buxoroda kutib qolamiz!

Tashkilotchi: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
“Samarkand Marathon” turkum yugurish musobakarining bosh hamkorlari: Xalq Banki, xazna