Sami El-Enani – kelib chiqishi misrlik bo‘lgan, zamonaviy mumtoz, elektronika va “found-sound”ning serqirra jihatlarini o‘rganuvchi, tovushlar ustasi londonlik san’at namoyandasi. Uning asarlari ko‘p tarmoqli qurilmalar, elektroakustik kompozitsiya, ovoz dizayni, ovoz yozish, tasvir va ovozning o‘zaro ta’sirini qamrab oladi.
Dunyo bo‘ylab kinoteatrlar, galereyalar, teatrlar va badiiy makonlarda nafis ijodiy parvozlar qilish tajribasiga ega bo‘lgan Samining asarlari ozodlikka intilayotganlarning dolzarb ehtiyojlari va diqqat-e’tiborini o‘zida aks ettiradi. Uning “Soyalar yonida piyoda” badiiy filmi uchun bastalagan musiqasi Afrika Kino akademiyasi mukofotiga nomzod bo‘lgan va uning “Qushlarning yaratilishi” tonal poemasi “Grand Prix Nova”, “BBC Radio Awards” va “Phonurgia Nova” mukofotlarini qo‘lga kiritgan.
Sozanda va badihachi sifatida Sami hozirda tinglash va fikrlash vositasi sifatida magnitofon kollaj uslubini ishlab chiqmoqda. Tasma yozuvlari uchun ovoz yozish sinov sessiyalari yozuvlari albomi, filmlar uchun musiqa parchalari va uning xomaki dala tasvirga olish jarayonida to‘planib, kashf etilgan ovoz dastlabki ashyo sifatida xizmat qiladi. U bu kollajlarni fortepiano uchun improvizatsiyalar bastalaydi va bu uning eng instinktiv muloqot shakli bo‘lib qoladi. U o‘z amaliyoti va izlanishlari sharofati bilan birdamlik sadosiga sho‘ng‘ib, ohanglarni birdamlik sadolari sifatida puxta o‘rganadi.