“O‘zbekiston bobi”ning chop etilishi sharofati bilan taniqli kulollar sulolasining vakili Shohruh Rahimov nufuzli “Homo Faber” stipendiya dasturiga qabul etildi. Shohruh bir oy Portugaliya, 6 oy Gretsiyaga sayohat qilib, mahalliy hunarmandlar bilan tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Stipendiya dasturlari davomida yaratilgan asarlar 2024-yilda Venetsiyadagi “Homo Faber” ko‘rgazmasida taqdim etiladi.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Shohruh Rahimovni stipendiya dasturining saralash dasturidan muvaffaqiyatli o‘tgani bilan samimiy muborakbod etadi. Endilikda “Homo Faber” sayyohlik qaydnomasi sharofati bilan hunarmandchilik an’analari ham mamlakatimiz, ham chet ellarda yanada rivojlanib, tobora muhim ahamiyat kasb etib boradi.
“Homo Fabre” stipendiya dasturining yosh hunarmandlar uchun navbatdagi tanlov qabuli 2024-yilda ochiladi.