Bugun Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova raisligida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Madaniy meros agentligi vakillari hamda Xitoy davlat qurilish muhandisligi xalqaro korporatsiyasi Boshqaruvi raisi janob Gao Bo ishtirokida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muhokama markazida yaponiyalik taniqli me’mor Tadao Ando konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston davlat san’at muzeyining yangi binosini qurish loyihasi bo‘ldi.
Tomonlar loyihaning hozirgi holati, amalga oshirishning asosiy bosqichlari, ishlar jadvali, shuningdek, tezkor hamkorlik va qarorlar qabul qilish mexanizmlarini ko‘rib chiqdilar.