An’anaviy so‘zana kashtachiligining mohir ustasi Madina Kasimbayeva “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi. Mazkur yuksak davlat mukofoti uning milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish, betakror so‘zana san’atini ommalashtirishga qo‘shgan ko‘p yillik hissasining e’tirofidir.
Madina 25 yildan ortiq vaqt mobaynida o‘zini ushbu hunarga baxshida etib, oʻz mahoratini yangi avlodlarga yetkazib kelmoqda. Oʻtgan davr davomida u nafaqat an’analarni saqlab qolishga, balki so‘zana maktabining voris davomchilari bo‘lgan bo‘lgʻusi chevarlarni ilhomlantirgan holda 1000 dan ortiq shogirdlarga saboq