Shayx Mey bint Muhammad Ol Xalifa Xonim Oliyalarining taklifiga binoan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova tarixiy merosni asrab-avaylash va madaniy tashabbuslarni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi Shayx Ibrohim bin Muhammad Ol Xalifa nomidagi Madaniyat va tadqiqotlar markaziga tashrif buyurdi. Markaz avval ma’ruza va madaniy tadbirlar o‘tkaziladigan Muharrak va Manama shaharlaridagi 10 ga yaqin tarixiy maskanlarni qayta tiklab, ularni ijod ustaxonalari, kutubxonalar, arxiv muassasalari va muzeylarga aylantirgan.
Tashrif davomida Gayane Umerova Markaz faoliyati, uning me’moriy yodgorliklarni restavratsiya qilish hamda madaniyat o‘choqlarini yaratish borasidagi tajribasi bilan tanishdi.