2025-yil 11-may kuni “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi sahnasida Teodor Kurentzis boshchiligidagi musicAeterna orkestrining chiqishi bo‘lib o‘tadi.

Unda Pyotr Chaykovskiyning 5-simfoniyasi va Rihard Shtrausning soprano va simfonik orkestr uchun 

“Soʻnggi toʻrta qoʻshigʻi” yangraydi. Ushbu asarlarni taqdirdan qochib qutulib boʻlmasligi toʻgʻrisidagi mavzu birlashtirib turadi. Bastakorlar bir-birlari bilan hech qanday chegaralarsiz oʻzaro muloqotga kirishadilar: Chaykovskiy tomonidan berilgan fojiali savollarga Shtraus javob beradi va uning javoblarida nurli tasallini ilgʻash mumkin.

Konsert O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan.

Chiptalar iTicket.uzʼda