EXPO 2025 ko‘rgazmasiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi delegatsiyasi Yaponiyaning Himedzi shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro ishtirokchilar yig‘ilishida ishtirok etdi. Yalpi majlis va uchrashuvlarda ishtirokchi mamlakatlarning Milliy pavilionlarini qurish va faoliyatini yurgizishga taalluqli ustuvor tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Bunda asosiy e’tibor mamlakat Milliy kunini o‘tkazish, mavzuga doir haftaliklarda qatnashish, ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarga O‘zbekiston madaniyati, an’analari va yutuqlari bilan yanada yaqindan tanishish imkonini beruvchi maxsus tadbirlarni tayyorlash masalalariga qaratildi.
Shunindgek, delegatsiya a’zolari “Ayollar gullab-yashnasa, insoniyat gullab-yashnaydi” konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan Cartier xotin-qizlar pavilionida O‘zbekistonning ishtiroki masalalari bo‘yicha Cartier jamoasi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ayollar pavilionining “WA” maydonchasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va barqaror rivojlanish sohasidagi O‘zbekiston tashabbuslarining ishtiroki ko‘rib chiqilmoqda.