Xalqaro opera va balet festivali dasturini Sloveniyaning Maribor Ballet spektakli ochib beradi. 19–20-mart kunlari A.Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida taniqli xoreograf Edvard Klyug turli yillarda o‘zi sahnalashtirgan to‘rt asardan iborat KLASTER loyihasini taqdim etadi.


Uslubiy tomondan Edvard Klyug xoreografiyasi ko‘p jihatdan mavhum, mo‘tadil jo‘n tusga ega bo‘lib, raqslar tili sohasidagi izlanishlarni namoyon etadi. Tomoshabinlar zamonaviy bastakor Milko Lazar musiqasi uchun yaratilgan balet namunalaridan ham, “Radiohead” guruhi sadolari ostida avjiga chiqayotgan dramatik tomoshadan ham birdek zavq olishlari mumkin.


🎟 Chiptalar: https://iticket.uz/events/cultural-events/cluster-2025